Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida joriy yilning 10-11 may kunlari yoshlarni yot g’oyalarga qarshi kurashish va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida “JAHOLATGA QARSHI KURASH” mavzusida ekin ijodiy rasmlar ko’rik tanlovi o’tkazildi. Tanlovda barcha yo’nalishlarning 1-bosqich talabalari ishtirok etdi. Ko’rik tanlovda o’z ijod namunalarini ko’rsatib hakamlar hay’ati tomonidan eng yuqori baholangan 2-21 XTA guruh talabalari ko’rik tanlov g’olibi deb topildi va institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg’alar va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.